«ypx inspektori» tegli maqolalar


Toshkentda Gentra haydovchisi katta tezlikda YPX xodimlaridan qochib, to‘qnashuv sodir etdi
24 aprel 2023, 11:53

Toshkentda Gentra haydovchisi katta tezlikda YPX xodimlaridan qochib, to‘qnashuv sodir etdi

Yakkasaroy tumanida guvohnomaga ega bo‘lmagan haydovchi Gentra mashinasida YPX inspektoridan qochib, katta tezlikda harakatlandi. Oqibatda skuter va Cobalt bilan to‘qnashdi, 2 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Surxondaryoda YPX inspektori haydovchidan $800 olganlikda gumonlanmoqda
10 aprel 2023, 12:37

Surxondaryoda YPX inspektori haydovchidan $800 olganlikda gumonlanmoqda

Uzun tumanida YPX inspektori fuqarodan 800 dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda. Xodim haydovchiga mashinasining oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirib olgan uchun hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada haydovchiga «ruhiy azob yetkazgan» YPX inspektorlari javobgarlikka tortildi
21 dekabr 2022, 18:11

Farg‘onada haydovchiga «ruhiy azob yetkazgan» YPX inspektorlari javobgarlikka tortildi

Quvalik haydovchi Farg‘onada o‘ziga nisbatan noqonuniy bayonnoma tuzgan ikki nafar YPX xodimini ruhiy azob yetkazganlikda ayblab sudga berdi. Sud uning da’vosini qanoatlantirib, inspektorlarning har biriga 3 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Farg‘onada haydovchini haqorat qilgan YPX inspektori ishdan bo‘shatildi
5 sentabr 2022, 14:24

Farg‘onada haydovchini haqorat qilgan YPX inspektori ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumanida YPX inspektori haydovchini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB mazkur voqeadan so‘ng, xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgani va u ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

Farg‘onada YPX inspektori pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda
13 iyun 2022, 09:45

Farg‘onada YPX inspektori pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda

Quva tumanida YPX inspektori fuqarolardan pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda. U o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida o‘zini nosamimiy tutib ketib qolgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga oshirildi.

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
27 aprel 2022, 19:15

Chiroqchida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Chiroqchi tumanida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan YPX xodimlari va aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Fuqarolardan biri inspektorning pogoni va bodikamerasini yulib olgan. Tuman prokuraturasi ularga nisbatan jinoyat ishi ochdi.

24-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 mart 2022, 22:00

24-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Investorlar muvaffaqiyatini kafolatlashini aytgan prezident, yil oxirigacha o‘zgarmaydigan ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari, Autodriver Study atrofidagi voqealar, shakar narxi oshishiga “vahimachi tadbirkorlar” sababchi ekanligi, YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklifi va boshqalar — “Gazeta.uz” ning 24-martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin
21 fevral 2022, 12:58 2

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni videoga olgandan so‘ng, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini ma’lum qildi. IIV rahbari matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov bu borada hujjat hali ishlab chiqilmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «to‘liq taqiq bo‘lmasa-da, qandaydir chegaralar qo‘yiladi». Bunga deputat Rasul Kusherbayev e’tiroz bildirdi.

Surxondaryoda Lacetti haydovchisi YPX xodimini mashina kapotida haydab ketdi
27 sentabr 2021, 22:54

Surxondaryoda Lacetti haydovchisi YPX xodimini mashina kapotida haydab ketdi

Qumqo‘rg‘on tumanida Lacetti haydovchisi YPX xodimi iltimosiga bo‘ysunmasdan, uni kapotda 3 km dan oshiq masofaga haydab ketdi. Huquqbuzarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Mast haydovchi urib yuborgan YPX inspektori vafot etdi
14 sentabr 2021, 22:41

Mast haydovchi urib yuborgan YPX inspektori vafot etdi

Pskent tumanida mast haydovchi YPX inspektorining to‘xtash talabiga bo‘ysunmasdan, uni urib yubordi. 30 yoshli serjant Dilmurod O‘rmonov oradan uch kun o‘tib vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting